Huquqiy ma'lumot

Maxfiylik siyosati

Adizone o'quv markazi foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qanday yig'ishi, ishlatishi va himoya qilishi haqida.

Yangilangan:

Maʼlumotlar operatori: "ADIZONE LC" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT

STIR: 311 626 069

Yuridik manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Novza MFY, Ye mavzesi, 10-uy

Tel: +998 90 045 55 17

Umumiy ma'lumot

  • Adizone — Toshkent shahrida joylashgan til o'rgatish (ta'lim) markazi.
  • Markaz manzili: Toshkent, Bunyodkor shoh ko'chasi, 11 (Novza metrosi yaqinida).
  • Ushbu maxfiylik siyosati adizone.uz sayti, Facebook va Instagram reklama formalari hamda markazning CRM tizimi orqali yig'iladigan ma'lumotlarga taalluqlidir.

Qanday ma'lumotlar yig'iladi

  • Ism va familiya
  • Telefon raqami
  • O'qish formati bo'yicha xohish (online yoki offline)
  • O'qishni boshlash muddati
  • Bog'lanish uchun qulay vaqt
  • Ushbu ma'lumotlar saytdagi ariza formasi hamda Facebook va Instagram reklama formalari (Lead Ads) orqali foydalanuvchining o'zi tomonidan ixtiyoriy ravishda kiritiladi.

Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi

  • Murojaatga javob berish va telefon orqali bog'lanish
  • Kurslar haqida ma'lumot berish
  • O'quv jarayonini tashkil qilish
  • Xizmat sifatini yaxshilash
  • Yig'ilgan ma'lumotlar reklama maqsadida uchinchi shaxslarga SOTILMAYDI.

Ma'lumotlar qayerda saqlanadi

  • Ma'lumotlar markazning ichki CRM tizimida saqlanadi.
  • Ularga faqat vakolatli xodimlar kirish huquqiga ega.
  • Texnik himoya choralari qo'llaniladi: shifrlangan ulanish (HTTPS) va parol bilan himoyalangan kirish.

Uchinchi tomonlar

  • Meta Platforms (Facebook, Instagram) — reklama formalari orqali to'ldirilgan ma'lumot bizga uzatiladi; bu jarayonga Meta'ning o'z maxfiylik siyosati amal qiladi.
  • Telegram — yangi murojaat haqida markaz xodimlariga xabar yuborish uchun ishlatiladi.
  • Boshqa hech qanday uchinchi tomonga ma'lumot uzatilmaydi.

Ma'lumotlarni saqlash muddati

  • Ma'lumotlar murojaat yuborilgan kundan boshlab 3 yil davomida saqlanadi.
  • Foydalanuvchi talab qilsa, ma'lumot ushbu muddatdan oldin o'chiriladi.

Foydalanuvchi huquqlari

  • O'zi haqida saqlanayotgan ma'lumotni so'rash
  • Noto'g'ri ma'lumotni tuzatishni talab qilish
  • Ma'lumotini o'chirishni talab qilish
  • Bunday so'rovlar quyidagi “Bog'lanish” bo'limida ko'rsatilgan aloqa kanallari orqali yuboriladi.

Bog'lanish

Shaxsiy ma'lumotlaringizga oid har qanday savol yoki so'rov bilan quyidagi kanallar orqali murojaat qilishingiz mumkin: